12+  Свидетельство СМИ ЭЛ № ФС 77 - 70917
Лицензия на образовательную деятельность №0001058
Пользовательское соглашение     Контактная и правовая информация
 
Педагогическое сообщество
УРОК.РФУРОК
 
Материал опубликовала
Римма19
Информатика
Узбекистан, город Ташкент, Юнусабад

Программа Скреч

Ovoz va matn bilan ishlash

Scratch dasturida kichik dialog (muloqot) dasturchalarini yaratish mumkin. Scratch dasturida kichik dialog (muloqot) dasturchalarini yaratish mumkin. Bunday dasturlarda sprayt qahramonlari bilan muloqot olib borish: ular savol bersa, foydalanuvchi javob berishi kabi qiziqarli loyihalarni yaratish mumkin. Muloqot dasturlarida foydalanuvchi ixtiyoriy qiymat yoki matnni kiritishi uchun qandaydir buyruq yoki muloqot oynasi bo‘lishi lozim.

Scratch dasturida ma‘lumotlarni kiritish uchun foydalanuvchi bo‘limidan foydalanishi mumkin. Bu bo‘limdagi asosiy ko‘rsatmalardan biri bu – ask … and wait (so‘rash va kutish) buyrug‘i.

Dastur skriptiga shu blok qo‘yilib, dastur ishga tushirilganda, sahna oynasining quyi qismida matn yoki sonni kiritish uchun maydon paydo bo‘ladi.

Foydalanuvchi bu maydonga o‘zining javobini yozadi va ENTER tugmachasini bosadi yoki maydon oxiridagi belgini bosadi.

1-mashq. Dastur ishga tushirilganda ism so‘raydigan va ovoz beradigan skriptni hosil qilish. Bajarish texnologiyasi: Dasturni ishga tushiramiz va mushukchani ekran o‘rtasida qoldiramiz. 1

1-mashq. Bajarish texnologiyasi: Skriptlar oynasiga 1-ustunchadan rasmdagi bloklarni olib o‘tamiz. 2

1-mashq. Bajarish texnologiyasi: 3 Sensing bo‘limidan blokini olib o‘tgach, sichqonchani matn oynasiga olib boramiz va What is your name? yozuvi o‘rniga o‘zimiz xohlagan savolni kiritamiz.