12+  Свидетельство СМИ ЭЛ № ФС 77 - 70917
Лицензия на образовательную деятельность №0001058
Пользовательское соглашение     Контактная и правовая информация
 
Педагогическое сообщество
УРОК.РФУРОК
 
Материал опубликовал
Джумаева Адиба Илхомжоновна31

TA’LIMNING SIFATLI BO`LISHIDA O`QITUVCHINING PEDAGOGIK QOBILIYATI VA MAHORATINING AHAMIYATI

Djumayeva Adiba Ilxomjonovna

Namangan viloyati Pop tumanidagi 10- IDUM

boshlangich sing oqituvchisi,

Xalq ta’limi a’lochisi


Annotatsiya

Ushbu maqolada o`qituvchining pedagogik qobiliyatlari, shuningdek, shaxsga yonaltirilgan ta’lim-tarbiya orqali ma’naviy yetuk barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi pedagoglar mahoratiga qo`yiladigan talablar haqida soz yuritilgan.

Kalit sozlar: qobiliyat, mahorat, shaxs, talim, tarbiya, iste’dod, bilish, nutq, muomala, diqqat, qiyoslash.


Ta’limda qollaniladigan barcha innavatsion pedagogik texnologiyalar oquv jarayonini hamda oquvchilar olayotgan ta’lim va tarbiyani sifatli bolishini ta’minlashga qaratilgan bolishi shart. Ta’limning sifatli bo`lishi esa o`qituvchining pedagogik mahoratga egaligiga bog`liq. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Izlanuvchanlik, ijodkorlik hamisha uning hamkori va hamrohi bo`ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo`lishi mumkin.

Qobiliyat turlari quyidagilarda namoyon bo`ladi:

Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid (matematika, biologiya, adabiyot) qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha kengroq va chuqurroq biladi. Fani sohasidagi kashfiyot va yangiliklarni doim kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqib, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajara oladi.

Tushuntira olish qobiliyati-o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o`quvchilarda mustaqil ravishda erkin fikrlashga qiziqish uyg`otish qobiliyatidir. O`qituvchi zarur hollarda o`quv materialini o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani sodda, noaniq narsani aniq va tushunarli qilib o`quvchilarga yetkaza olishi kerak.

Kuzatuvchanlik qobiliyati-o`quvchilarning ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o`quvchi shaxsiniva uning vaqtinchalik ruhiy holatini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o`qituvchi o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg`amaydigan o`zgarishlarni ham tez faxmlab oladi.

Nutq madaniyati-nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora, mimika vositasida o`z fikr va tuyg`ularini aniq, ravshan ifodalash qibiliyati. Bu o`qituvchilik kasbi uchun juda muhim.

O`qituvchining nutqi darsda hamisha o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi. O`qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tinglayotgan va tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo`lsa ham, uning nutqi doim o`zining ichki kuchi, ishonchi, gapirayotgan narsasiga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Uning fikri o`quvchilar uchun aniq, ravon, sodda, tushunarli bo`ladi. O`qituvchi hattoki gapirmasdan turib ham nima demoqchi ekanligini o`quvchilarga yetkaza oladi.

Tashkilotchilik qobiliyati-bu ikki xil bo`lib, biri o`quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo`lsa, ikkinchisi, o`z ishini to`g`ri uyushtirish.

O`qituvchi o`z ishini tashkil etishda ishni to`g`ri rejalashtira olishi va nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtni xis qila olish va ishni vaqtiga qarab to`g`ri taqsimlay olish, vazifani belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil bo`ladi. Tajribali o`qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o`zgartira oladi.

To`g`ri muomala qila olish qobiliyati-bolalarga yaqin munosabatda bo`la olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali va samimiy o`zaro munosabatlar o`rnata olishni bildiradi.

Kelajakni ko`ra bilish qobiliyati-o`z harakatlarining oqibatini ko`ra bilishida, o`quvchining kelgusida qanday odam bo`lishini tasavvur qila olishida, o`quvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishida ifodalanadi.

Diqqatni jamlay olish qobiliyati-o`qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari- hajmi, kuchi, ko`chuvchanligi, idora qilina olishi, yo`naltirilishi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.

O`qituvchi yuqorida sanab o`tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifatlarga- aniq maqsadni ko`zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ham ega bo`lishi kerak.

O`qituvchining pedagogik mahorati shundaki, innavatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to`liq foydalaniladi. Ayniqsa, dars jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni o`ziga faol jalb qilish, ko`zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf etishda ularning ishtirokini ta’minlay olish pedagogik mahoratga bog`liq. Insonning tafakkuri qanchalik mustaqil bo‘lsa, u shunchalik tashabbuskor bo‘ladi. Odamning fikrlashi qancha erkin bo‘lsa, u shuncha izlanuvchan, ijodkor bo‘ladi.

O`qtuvchi eng avvalo bolalarga mehr qo`yishi, ularning har bir yutug`ini o`zniki deb bilishi, muvaffaqiyatsizliklar sababini chuqur tahlil qila olib, uni bartaraf etish yo`llarini topa olishi kerak. Har bir ustoz, murabbiy har bir bola timsolida shaxsni ko`rishi juda zarur. O`qituvchi o`quvchini boshqalarga qiyoslamasligi, o`zini o`ziga qiyoslashni o`rgatishi kerak. “Kecha buni uddalay olmadingmi, bugun albatta uddalaysan”, “O`tgan galgi ma’lumotlaringga qaraganda bu galgisi ko`proq ekan” kabi ruhlantirish orqali natijaga erishish mumkin. Pedagogik mahorat deganda, shu jihatlarga ahamiyat qarata oladigan o`qituvchilarni nazarda tutish kerak.


Adabiyotlar:

1.M. Pardayeva, O. Musurmonqulova, A. Qo`shmonov “O`quvchilar ta’lim-tarbiyasidagi muhit: muammo va yechim” Toshkent-2015

2.T. Gafforova “Boshlangich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent, “Tafakkur”, 2011


1

Familiyasi

Djumayeva

2

Ismi

Adiba

3

Sharifi

Ilxomjonovna

4

Ish joyi (to`liq)

Namangan viloyati Pop tuman 10-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi

5

Lavozimi

Boshlangich sinf oqituvchisi

6

Ilmiy darajasi

-

7

Telefon raqami

91-179-96-88

8

e-mail

adibadjumayeva81@mail.ru

9

Maqolaning mavzusi

Ta’limning sifatli bo`lishida o`qituvchining pedagogik qobiliyati va mahoratining ahamiyati


Опубликовано в группе «УРОК.РФ: группа для участников конкурсов»


Комментарии (0)

Чтобы написать комментарий необходимо авторизоваться.