Ona tilidan o'chiq dars
Sana: 15.03.2019 125 -dars
Mavzu: Mustahkamlash darsi. 300-302-mashqlar.
Maqsad:
A) ta’limiy: fe’lning so‘roqlari haqida bilimini mustahkamlash, harakat va holatni bildirgan fe’llarni farqlashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: tabiatga mehr uyg‘otish;
c) rivojlantiruvchi: fe’l so‘z turkumi haqida bilimlarini amalda qo‘llay bilishga o‘rgatish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish;
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
davlat ramzlarini bilish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
maktabga kelib ketadigan vaqtni bilish;
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi, so‘zlarni talaffuz me’yorlariga rioya qilagan holda bo‘g‘inlab ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning jihozi: mavzuga mos rasmlar.
Darsning uslubi: musobaqa dars
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsga tayyorgarlik ko‘rish;
Darsning maqsadini aytish,
II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
1- harakat. Mashg‘ulot qoidasi bilan tanishtirish.
— vaqtdan unumli foydalanish;
— o‘zgalarning fikrini qadrlash;
— bir-birini hurmat qilish;
— yangilik kiritishga harakat qilish;
— faol ishtirok etish.
2- harakat. Uy vazifasini tekshirish. Daftarlarni almashtirish.
O‘tilgan mavzuni mutahkamlashda grafik testdan foydalanamiz. Har bir test orqasiga raketa tasviri tushirilgan. Qaysi qator birinchi bajarsa shu qatorning raketasi uchadi.
Birinchi bajargan qator raketasi doskaga osiladi va raketa haqida ma’lumot beriladi. Raketaning foydasi va uning zarari haqida ma’lumot beriladi.
III. Darslik bilan ishlash. Ertak bilan mavzu boshlanadi: Bir bor ekan, bir yo‘q ekan qadim zamonda to‘rt aka-uka ahil, inoq yashar ekan. Ular otasi va onasi buyurgan vazifalarini o‘z vaqtida bahamjihat bajarishar ekan.Ularning ismlari Ot, Sifat, Son va kenjatoyi Fe’l ekan.
3- harakat. (Qatorlar guruhlarga ajrtaib olinadi va guruhlarga nom beriladi.
1- guruh: „OT".
2- guruh: „Sifat".
3- guruh: „Son". degan nomga ega bo‘ladilar. Har qaysi guruh o‘zi uchun belgilangan joyga noan'anaviy holda o‘tiradilar. ) Kunlarning birida aka-ukalar sayohatga chiqishibdi. Shunda eng kichik ukasi Fe’lni yo‘qotib qo‘yishibdi. Shuncha izlashsa ham topa olishmabdi. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Yo‘lda “Bo‘ginlar ko‘prikchasi”ga duch kelishibdi. Ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lishsa, ko‘prik hech yo‘l bermasmish. Shunda ko‘prik tilga kirib: “shartimni bajar”, - debdi. 1-shart. (Bu shartda o‘rtaga bir bo‘g‘in beriladi oldi va orqa tomonga bo‘g‘in qo‘yib so‘ zhosil qilinadi. Shartni bajargan guruh rag‘bat kartochkasiga ega bo‘ladi) Shrtni bajarib bo‘lgan aka-ukalar ko‘prikdan o‘tib ukasi ketgan yo‘lni bilib olishibdi.
Yo‘lda mashqlar mamlakatiga kelishibdi. ( 2- shart. Bu yerda 300- va 301-mashqlar bajariladi. )
300-mashq. Berilgan gapga mos fe’l tanlab qo‘yiladi.
301-mashq. Berilgan fe’llarga mos ot tanlab qo‘ying. (quyosh, to‘rg‘ay, echki, ot) so‘zlari.
Mashqlar mamlakatida mashqlarni bajarib bo‘lgan aka-ukalar yo‘llarida davom etishibdi. Yo‘l yurishibdi, yo‘l yurishsa ham mo‘l yurishibdi. Yo‘llarida Charxpalakga duch kelishibdi. Charxpalakdan ukase Fe’l haqida so‘rashibdi.. Shunda charxpalak,- ha bilaman qayerga ketganini, shartimni bajarsangiz aytaman,-debdi. (3-shart.
Harfdan fe’l yasa mashqi. Bunda bitta har guruhlarga beriladi, shu harfdan boshlangan fe’lga doir so‘zlar yoziladi)
Charxpalakning shartini bajargan aka- ukalar ukasihaqida ma’lumot olib yo‘llarida davom etishibdi.
Yo‘lda uzum bog‘iga duch kelishibdi. Bog‘bon ulardan qayerga va nima uchun ketishayotganini so‘rabdi. Aka –ukalar bo‘lgan voqeani aytib berishibdi. Shunda bog‘bon ulardan uzumlarni parvarish qilishda yordam berishini iltimos qilibdi. (4-shart. “Uzum pishdi” didaktik o‘yini. Bunda uzum tasviri tushirilgan plakatlar beriladi.Barglariga “Ot”, “Sifat”, “Son” so‘zlari va so‘roqlari yozilgan bo‘ladi. Har bir guruh uzum donalariga so‘z turkumlariga oid so‘zlar yozadi. Birinchi yozib bo‘lgan guruh rag‘bat karyochkasiga ega bo‘ladi.)
Uzum pishishida yordam bergn aka-ukalar ukasihaqida ma’lumot olib yo‘llarida davom etishibdilar.
Dam olish daqiqasi tashkil etiladi. Navro‘z haqida she’rlar va “Navro‘z urf -odatlari” haqida klaster usulida ma’lumot beriladi. Har bir ishtirokchi bittadan quyosh, bulut, gullar va BAHOR so‘zlarini doskaga yopishtiradi. Doskada bahor so‘zi va manzara hosil bo‘ladi.
IV. Mustahkamlash. Aka-ukalar yurib- yurib “Pisa” saroyiga yetib kelishibdi. Ularning ukasi Fe’l pisa saroyida asirlikda ekanligini bilishibdi. Pisa podshosi ukasini nima evaziga qo‘yib yuborishini so‘rabdi. Podsho ularga bir shartim bor shu shartni bajarsangiz ukangizni qo‘yib yuboraman,- debdi. (5-shart. Pisa testi yechiladi.) shartni to‘liq hatosiz bajargan akalar o‘z ukasinni qutqarib yurtiga ravona bo‘lishibdi.
N ordon meva?
Qaysi rasm kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
O ‘ynayapti so‘rog‘iga mos rasmni toping?
F e’lning tagiga qanday chiziq chiziladi?
Har bir qatordan ortiqcha so‘zni topib belgilang va javoblar qatoriga yozing:
11 | Tez, yetti, sekin | 1 | |
22 | O‘qidi, yozdi, gul | 2 | |
33 | O‘ynadi, ashula, gapirdi | 3 | |
44 | To‘rt, olti, issiq | 4 | |
55 | Yugurdi, yozdi, olma | 5 | |
Harflarning o‘rnini almashtirish orqali ma’noli so‘z hosil qiling, hosil bo‘lgan so‘zlarni yozing.
UTSHQTO‘I - __________________________
IRCHO‘G‘DQAL - _________________________
AKRAVIUM - ____________________________________
TEZEROLIV - ____________________________________
Maqolning davomini toping va chiziq chizish orqali birlashtiring
1 | Ish ishtaha ochar | bir kes |
2 | Beshikdan to qabrgacha | o‘quvchining o‘rtog‘i |
3 | Ona yurting | ilm izla |
4 | Yetti o‘lchab | dangasa ishdan qochar |
5 | Kitob bilim bulog‘i | oltin beshiging |
V. O‘quvchilarni baholash. Guruhlar to‘plagan ballar umumlashtiriladi.
G‘oliblar taqdirlanadi. Interfaol darsni savollar bilan yakunlash:
Dars sizga yoqdimi? Nima uchun yoqdi?
— Bugungi darsimizda qaysi mavzularni takrorladik? Qanday ishlarni bajardik?
— Topshiriqlarni bajarishda qaysi usullardan foydalandik?
— Guruhingiz to‘plagan ballardan xursandmisiz?
— Qaysi guruhni yaxshi ishladi deb o‘ylaysiz? Nima uchun?
VI. Dars yakuni. Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa 302-mashq beriladi. Mashqning berilishi tushuntiriladi. Gaplarga mos fe’llarni qo‘yish.
Mana, doskada bahor manzarasi hosil bo‘ldi, bu ham sizning mehnatingiz, bilimingiz evaziga. Barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabriklayman. O‘qishlaringizga rivoj tilayman. Shu bilan darsimizni yakunlaymiz.
„Tasdiqlayman“
10-maktab direktori
________Sh.S.Ergashev
Chirchiq shahar 10-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi Artikova Nargizning
ona tili fanidan bir soatlik
dars ishlanmasi.
Mavzu: Mustahkamlash
(300-302-mashqlar)