Энг мухим оксидларнинг ишлатилиши

1
0
Материал опубликован 27 March 2020 в группе

Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 43-sonli DIUM kimyo fani o’qituvchisi Mirzaxmedova Nargiza Zokirjanovnaning 7-sinflardagi “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusiga tayyorlagan taqdimoti. Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 43-sonli DIUM kimyo fani o’qituvchisi Mirzaxmedova Nargiza Zokirjanovnaning 7-sinflardagi “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusiga tayyorlagan taqdimoti.

Oksidlar

Oksidlar deb, biri kislorod bo’lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlarni umumiy formulasi E2On E – element, n – element valentligi.

Hatosini toping Oksidlar: Al2O3 CaSO4 KOH SO3 H2SO4 H2O BaO N2O5 CO2 Fe(OH)3 CuO Na2O Zn(NO3)2

«O’rtog’ini top » Berilgan formulalar orasidan oksidlarni metall va metallmas oksidlariga ajrating:   H2SO4, NaOH, CаO, Na2O, O2, SiO2, HCl, Na2SO4, Al2O3, CO2, HMnO4, K2O, H2O

«O’rtog’ini top» To’g’ri javoblar  Metall oksidlari CаO, Na2O, К2O, Al2O3 Metallmas oksidlari SiO2, CO2, H2O

Oksidlarning toifalanishi Oksidlar Asosli (metall oksidlari) Kislotali (metallmas oksidlari) Magniy oksidi СuO Mis(II) - oksidi CO2 Uglerod (IV) - oksidi SO3 Oltingugurt (VI) - oksidi CaO Kalsiy oksidi Mn2O7 Marganes(VII) – oksidi MgO

Oksidlarni toifalarga ajrating: CaO, SO3, MnO2, Cr2O3, CuO, Na2O, N2O5, ZnO, Ag2O, Mn2O7, CrO3, Al2O3. asosli amfoter kislotali CaO SO3 MnO2 Cr2O3 CuO Na2O N2O5 ZnO Ag2O Mn2O7 CrO3 Al2O3

Oksidlarni olinishi 1. Oksidlanish (yonish) a) oddiy moddalar: 4P + 5O2 = 2P2O5 fosfor (V) - oksidi 2Zn + O2 = 2ZnO rux oksidi b) murakkab moddalar: CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O 2. Murakkab moddalarning parchalanishi a) suvda erimaydigan asoslar: Cu(OH)2 = CuO + H2O b) kuchsiz kislota tuzlari: CaCO3 = CO2 + CaO

Oksidlarning kimyoviy xossalari 1) Kislotalar bilan 1) Ishqorlar bilan CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O SO3 + 2NaOH = Na2SO4 + H2O 2) Suv bilan Faol metall oksidlari bilan metallmas oksidlari bilan MgO + H2O = Mg(OH)2 N2O5 + H2O = 2 HNO3 3) Asosli oksidlarni kislotali oksidlar bilan Na2O + SO3 = Na2SO4 O K S I D L A R A S O S L I K I S L O T A L I

Dars mavzusi: ENG MUHIM OKSIDLARNING ISHLATILISHI.

Uglerod ( IV )-oksid-CO2. Uglerod ( IV )-oksid-CO2. Havoning doimiy tarkibiy qismi bo’lib, uning 0,03 % ini tashkil etadi. O’simliklarning asosiy ozuqa-si.Barcha yashil o’simliklar havodan bargi orqali karbonat angidridni, ildiz orqali suvni olib, quyosh nuri ta’sirida ularni organik ozuqa moddalarga – qandlarga aylantiradi va havoga kislorodni ajratib chiqaradi. CO2 vulqon gazlari tarkibida ham uchraydi.

“Quruq muz” ham uglerod (IV)-oksid hisoblanadi.Suv muzidan farq qilib “quruq muz” suvda cho’kadi. Yonayotgan benzinni “Quruq muz”da tezroq o’chirish mumkin. “Quruq muz” asosan turli xil mahsulotlarni saqlashda va muzlatishda ishlatiladi. “Quruq muz”ning yana bir asosiy maqsadi - u mahsu-lotlarni saqlabgina qolmas-dan, balki uni buzilishini oldini oladi.

Kremniy (IV)- oksid. SiO2 Kremniy (IV)- oksid asosan qum shaklida uchraydi.Qum eng muhim qurilish materiallaridan hisoblanadi.Kremniy bu oksidining kristall tuzilishi o’ziga xos bo’lgan turi kvars deb atalib, ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo’llaniladi.Qiyin suyuqlanuvchan bo’lganligi undan kimyoviy shisha idishlar tayyorlash imkonini beradi. Kvarsning turli tabiiy ko’ri-nishlari:ametist, sapfir, xal-sedon,yoqut minerallari-qimmatbaho va yarim qim-matbaho zargarlik toshlari sifatida ham ishlatiladi.

Kalsiy oksid - CaO. Bu oksid so’ndirilmagan ohak yoki mahalliy tilda ohak deb ata-ladi. Tabiatda keng tarqalgan ohaktoshni kuydirib olinadi. Qu-rilish sanoati uchun asosiy xo-mashyo materiali bo’lib hisobla-nadi. Undan turli qorishmalar, sement tayyorlanadi. Tuproq-ning kislotaliligi ortib ketganda ma’lum miqdorda uni netrallash uchun ham ishlatiladi. Daraxtlar va boshqa o’simliklardagi za-rarkunandalarni bartaraf etish uchun uning suvli eritmalaridan foydalanish yaxshi natija beradi.

Oltingugurt (VI) – oksid. SO3 Bu oksidni sulfat angidrid deb ham ataladi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Uni temir kolchedanini kuydirishda hosil bo’ladigan sulfit angidridni ( SO2 ) oksidlab olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa ko’plab boshqa moddalar, dorivor preparatlar olishda asosiy xomashyolardan hisoblanadi, individual tarzda avtomobillar akkumulyator batareyalarida ishlatiladi.

Azot (IV) –oksidi NO2 Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik yo’l bilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarfla-nadi. Nitrat kislota esa azotli mineral o’g’itlar, nitrobirikmalar, ko’plab dorivor moddalar ishlab chiqarishda asosiy manbalardandir.

Rux oksidi-ZnO. Rux oksidi-ZnO. Rux oksidi ZnO – oq rangli modda bo’lib, lak – bo’yoqlar olishda ishlatiladi. Ruxli bo’yoqlar bilan turli xil joylarni tashqi muxitdan saqlash maqsadida ishlatiladi. Farmasevtlar surkov vositalari tarkibiga rux oksidi qo’shiladi. Titan (IV) oksidi – TiO2 oq rangli xususiyatga ega bo’lib, u ham titanli bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

Xrom(III) - oksidi Cr2O3 – yashil rangli kristall modda bo’lib, suvda erimaydi. Xrom(III) - oksidi Cr2O3 – yashil rangli kristall modda bo’lib, suvda erimaydi. Cr2O3 – shisha va keramik buyumlarga bezaklar berishda ishlatiladi. XROM(III) - OKSIDI Cr2O3

SO3

CaO

CO2

“Blits” testlari: “Blits” testlari: 1. Fotosintez jarayonida qanday oksid ishtirok etadi? A) Uglerod ( IV )-oksid-CO2. B) Kremniy (IV)-oksid - SiO2. C) Uglerod ( II )-oksid-CO. 2. Qaysi oksid shisha idishlar tayyorlashda ishlatiladi? A) Kalsiy oksid - CaO. B) Kremniy (IV)-oksid - SiO2. C) Magniy oksid – MgO. 3. Tuproqning kislotaliligi ortib ketganda qaysi oksid qo’shib uni neytrallanadi? A) Natriy oksid- Na2O B) Oltingugurt (IV)- oksidi- SO2 C) Kalsiy oksid - CaO. 4. Sulfat kislota qaysi oksiddan olinadi? A) Kremniy (IV)-oksid - SiO2. B) Oltingugurt (VI)- oksidi- SO3 C) Mis (II) – oksidi – CuO. 5. Azot (IV)- oksidining formulasi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? A) NO2. B) N2O3. C) N2O.

To’g’ri javoblar: 1.A 2. B 3. C 4. B 5. A.

Darsga tayyorgarlik jarayonida foydala-nilgan internet saytlari: Darsga tayyorgarlik jarayonida foydala-nilgan internet saytlari: 1. Ziyonet. uz. 2. Kitob. uz. 3. Uzedu.uz.

Uyga vazifa: Uyga vazifa: 1. “Eng muhim oksidlarning ishlatilishi” mavzusini o’qib, o’rganish ( §, -bet). 2. CO2, SO3, CaO, NO2,SiO2 oksidlari haqida qo’shimcha ma’lumotlar olib kelish. 3. Temirning oksidi tarkibida 72,2% temir va 27,8% kislorod bor. Shu oksidning formulasini va nomini toping. 4. MgO, SO2, FeO oksidlarining inglizcha nomlarini topib kelish.

в формате MS Powerpoint (.ppt / .pptx)
Комментарии
Комментариев пока нет.